Asoschilar Consulting Odoo

BIZNES BOSHQARUVINI OSONLASHTIRAMIZ

Bir nechta dastur oʻrniga — bitta tizim

Biz dasturchi emas, tadbirkormiz

Avval biznesingizni tizimga solamiz, keyin uni Odooʻda mustahkamlaymiz.

Keyslarni koʻrish⁠

Bizga ishongan bizneslar:

Odoo rasmiy hamkori — global hamkorlar katalogidan tekshiring

Tizimsizlik sizga oyiga qanchaga tushadi?

40
500 mln soʻm

OYIGA TAHMINIY YOʻQOTISH:

10,8-18 mln

Yiliga ~ 130-217 mln soʻm

Aniq raqamni bilish⁠

Hisob-kitob tahminiy aniq raqamni auditda beramiz

Bizga ishonishdi:

Biznesingiz qayerda pul yoʻqotayotganini aniqlaymiz

24 soat ichida oʻzimiz bogʻlanamiz. Raqamingiz hech kimga berilmaydi

Ravshan Turgʻunovdan bepul audit oling:

+998

+998 99 829 99 78

Tizim qurilgandan keyin farq shunday boʻladi

1 / 10 — Savdo: oylik sotuv, daromad va oʻrtacha chek

Hozir

  • 10 ta dastur, yagona manba yoʻq
  • Oylik hisobotni doim kutasiz
  • Omborni faqat inventarizatsiyadan keyin bilasiz
  • Har bir qaror sizdan oʻtadi
  • Yangi xodimni ishga oʻrgatishga vaqt ketadi
  • Filial ochsangiz, nimadir buziladi

Keyin

  • Bitta tizim, yagona manba
  • Foyda, qarzdorlik va ombor bitta ekranda
  • Raqamlar doimiy avtomatik yangilanadi
  • Har bir jarayon va raqamning masʼuli bor
  • Yangi xodim 2-4 kunda moslashadi
  • Bitta tizim barcha filiallarga mos tushadi

1 / 10

Biz tizimlashtirgan bizneslar

Har bir yetkazib berishning foydasi aniq koʻrinadi

Xitoy va Rossiyadan tovar keltiradi, sanoat uchun moylash-sovutish suyuqliklari ishlab chiqaradi. Har bir yetkazib berish GPS orqali kuzatiladi; foyda har bir yetkazib berish va har bir mashina boʻyicha alohida koʻrinadi.

Yoʻnalish:
Logistika va Ishlab chiqarish
  • B2B
  • 2025
[ 01 ]

Ikkita biznes bitta dashboardda

Asoschi ikkala biznes boʻyicha eng koʻp sotilgan mahsulotlarni va talabni bitta ekranda koʻradi. Boshqa istalgan kerakli koʻrsatkichlar ham bir joyda.

Yoʻnalish:
Distribyutsiya va chakana savdo
  • B2B
  • 2026
[ 02 ]

Oʻnta dasturdan bitta tizimga

Bitta asoschi, ikkita Filial — endi bitta dashboardda. Maxsus mijozlar bazasi, telefoniya, kadrlar va davlat bilan ishlash modullari qurildi.

Yoʻnalish:
Ishlab chiqarish
  • B2B
  • 2025
[ 03 ]

1C tugadi. Butun tarmoq bitta Odoo dashboardda

Tojikistonning «MAVRID» supermarketlar tarmogʻi 1C'dan Odoo ERP'ga koʻchirildi. Savdo, omborlar va filiallararo tovar harakati yagona tizimda — qulay dashboardlar va zamonaviy yechimlar bilan.

Yoʻnalish:
Chakana savdo
  • B2C
  • 2026
[ 04 ]

Oʻnta dastur oʻrniga bitta Odoo — kompaniya kengayishga tayyor

«Expo City» — yarmarkalarda qatnashadigan kompaniyalar uchun savdo stendlari ishlab chiqaruvchi biznes. Barcha jarayonlar 10 ta alohida dasturdan yagona Odoo tizimiga koʻchirildi. Biznes-jarayonlar tizimlashtirildi: yangi xodimlarni oʻqitish va jamoani kengaytirish endi murakkab emas.

Yoʻnalish:
Ishlab chiqarish
  • B2B
  • 2026
[ 05 ]

Rasmiy tavsiya xatlari

Har bir kompaniya oʻz blankasida, imzo va muhr bilan yozgan. Xatlarni kattalashtirib oʻqishingiz mumkin.

éram kompaniyasining tavsiya xati

Tizim qurish bosqichlarimiz

Beshta tartib. Birinchisini dasturga umuman tegmasdan bajaramiz.

  1. 01 Biznes protsesslarni tuzish va optimallashtirish
  2. 02 Odoo ERP joriy etish
  3. 03 Maxsus modul va integratsiyalar
  4. 04 Boshqaruv hisoboti va dashboard
  5. 05 Doimiy optimizatsiya
  1. Biznes protsesslarni tuzish va optimallashtirish
  2. Odoo ERP joriy etish
  3. Maxsus modul va integratsiyalar
  4. Boshqaruv hisoboti va dashboard
  5. Doimiy optimizatsiya

Ishlash tartibimiz

Sakkiz bosqich. Har birining aniq natijasi bor natija chiqmaguncha keyingisiga oʻtmaymiz

  1. 01. Tanishuv

    Suhbatlashamiz: biznes qanday ishlaydi, bugungi raqamlar qanday, qayerga oʻsmoqchisiz. Foydamiz tegadimi — oʻsha suhbatda aniq boʻladi. Mos kelmasak, toʻgʻridan-toʻgʻri aytamiz.

  2. 02. Vazifalarni aniqlashtiramiz

    Ish boshlanishidan oldin hammasi qogʻozga tushadi: nima qilinadi, qancha muddatda, kim javob beradi va qachon uchrashamiz

  3. 03. Barcha raqamlarni ochamiz

    Hech narsani oʻzgartirmaymiz. Avval biznes aslida qanday ishlayotganini oʻrganamiz — qogʻozda qanday yozilganini emas. Bugungi raqamlarni yozib, sanasini qoʻyamiz.

  4. 04. Yangi tizimni yaratamiz

    Qaysi koʻrsatkich qanday hisoblanishi va kim javob berishi aniqlanadi. Ish doirasi qatʼiy belgilanadi. Siz tasdiqlamaguningizcha qurishni boshlamaymiz.

  5. 05. Tizimni quramiz

    Tizimni biznesingizga moslab quramiz. Jarayon, javobgarlik va ish standartlarini qadamma-qadam hujjatlashtiramiz — yangi xodim ham, yangi filial ham shu tartib boʻyicha ishlay oladi.

  6. 06. Maʼlumotlarni koʻchirib, jamoani oʻrgatamiz

    Eski tizimdagi maʼlumotlarni koʻchiramiz va toʻgʻriligini tekshiramiz. Jamoani lavozimlar boʻyicha oʻrgatib, har biriga qisqa qoʻllanma qoldiramiz.

  7. 07. Tizim ishlashini nazoratda ushlaymiz

    2–4 hafta davomida kuzatamiz: raqamlar yangilanyaptimi, eski odatlar qaytmayaptimi. Yakunida uchinchi bosqichdagi raqamlarni qayta oʻlchaymiz.

  8. 08. Kalitni topshiramiz

    Sozlamalar hujjati, standartlar qoʻllanmasi, dashboardlar va javobgarlik jadvalini topshiramiz. Jamoangiz mustaqil ishlay olishiga ishonch hosil qilib, loyihani yakunlaymiz. Keyingi rivojlantirish — alohida kelishuv asosida.

Nima uchun odoo orqali tizimlashtiramiz

Odoo har bir boʻlimni bitta joyga yigʻadi va takroriy ishni oʻz zimmasiga oladi.

  • Odoo: Mijozlar

Mijozlar

Odoo: Mijozlar

Nega Asoschilar Consulting

Oʻzbekistonda bu ishni asosan IT kompaniyalari qiladi. Biz boshqa yoʻldan boramiz: avval tartib, keyin dastur.

  • Biz ham tadbirkormiz, dasturchi emas

    Biznesingizga dasturchining emas, egasining koʻzi bilan qaraymiz. Uni dasturchi tiliga tarjima qilib berishingiz shart emas.

    [01]
  • Avval tartib, keyin dastur 3 yillik tajriba

    Ishni Odoo sozlashdan boshlamaymiz. Avval jarayonlarni tartibga solib standartlashtiramiz, keyin ularni tizimda mustahkamlaymiz.

    [02]
  • ODOO rasmiy Hamkori

    Odooning global hamkorlar katalogidamiz. Odoo rasmiy saytidan oʻzingiz tekshirib koʻrishingiz mumkin

    [03]

Jamoamiz mutaxassislari

Ishonishingiz qiyin, lekin: biz oʻz ishimizni sevamiz va uni puxta qilamiz

  • Ravshan Turgʻunov

    Ravshan Turgʻunov

    Asoschi

  • Ulugʻbek Musaev

    Ulugʻbek Musaev

    Odoo PM, Moliyachi (ACCA)

  • Muslimbek Nazirov

    Muslimbek Nazirov

    AI injener

Koʻp beriladigan savollar

  • Muddat biznesning hajmi va nechta boʻlim qamrab olinishiga bogʻliq. Ish sakkiz bosqichdan iborat va har birining aniq natijasi bor — natija chiqmaguncha keyingisiga oʻtmaymiz. Yakuniy bosqichda tizim ishlashini 2–4 hafta davomida kuzatib boramiz. Sizning biznesingiz uchun aniq muddatni birinchi suhbatdan keyin aytamiz.

  • Narx ish doirasiga qarab belgilanadi: nechta jarayon tartibga solinadi, qaysi modullar yoqiladi, qancha maʼlumot koʻchiriladi. Shuning uchun avval bepul audit oʻtkazamiz va ish doirasini qogʻozga tushiramiz — aniq raqamni oʻsha yerda beramiz. Siz tasdiqlamaguningizcha ish boshlanmaydi.

  • Yoʻq. Eski tizimdagi maʼlumotlarni koʻchiramiz va toʻgʻriligini tekshiramiz. Odoo modul asosida ishlaydi: bugun sizga faqat kerakli boʻlimlarni yoqamiz, qolganini keyin qoʻshish mumkin. Hech narsani boshqatdan qurish shart emas.

  • Bu eng koʻp uchraydigan holat. Shuning uchun jamoani lavozimlar boʻyicha oʻrgatamiz va har biriga qisqa qoʻllanma qoldiramiz — yangi xodim ham 2–4 kunda moslashadi. Qaysi koʻrsatkich uchun kim javob berishi oldindan aniqlanadi, shuning uchun tizim odamga emas, tartibga tayanadi.

  • Har bosqichning natijasi hujjat boʻlib qoladi: diagnostika hisoboti, sozlamalar hujjati, standartlar qoʻllanmasi, dashboardlar va javobgarlik jadvali. Kalitni topshirishdan oldin jamoangiz mustaqil ishlay olishiga ishonch hosil qilamiz. Keyingi rivojlantirish — alohida kelishuv asosida.

  • Ha, egasining ishtiroki shart. Biz biznes egasi chetda turmoqchi boʻlgan loyihalarni olmaymiz — qaror talab qiladigan nuqtalar baribir sizga kelib taqaladi. Lekin sizdan kunlik ish emas, bosqich yakunlarida qaror kutiladi. Aynan shu sabab bir vaqtning oʻzida 5 tadan ortiq loyiha olmaymiz.

Asoschilar Podcast

Tadbirkorlar bilan suhbatlar: Biznes qanday quriladi va qayerda buziladi

Podcast haqida koʻproq⁠

Biznes egalari bilan podcast oʻtkazamiz. Unda biznesni rivojlantirish, muammolar va yechimlar haqida gaplashamiz

Biznesingiz qayerda pul yoʻqotayotganini aniqlaymiz

24 soat ichida oʻzimiz bogʻlanamiz. Raqamingiz hech kimga berilmaydi

Ravshan Turgʻunovdan bepul audit oling:

+998

+998 99 829 99 78