BIZNES BOSHQARUVINI OSONLASHTIRAMIZ
Biznesingiz ustida ishlovchi jamoamiz mutaxassislari
Odoo sertifikatlarBizga ishongan bizneslar:
Odoo rasmiy hamkori — global hamkorlar katalogidan tekshiring
Bizga ishonishdi:
Tizimni kim quradi?
-
Tadbirkorlik tajribasi
2023-yildan beri bizneslarni tizimlashtiraman. Shuning uchun qayerda pul va tovar yoʻqolishini va biznesda uchraydigan muammolarni nazariyadan emas, amaliyotdan bilaman.
-
Har bir bosqichda birgaman
Jamoa oʻzicha ishlamaydi. Nazorat va ish tartibini oʻzim tekshiraman. Shu sabab bir vaqtning oʻzida 5 tadan ortiq loyiha olmaymiz
-
Yozilgan metod
Har bosqichning natijasi hujjat boʻlib qoladi: diagnostika hisoboti, standartlar qoʻllanmasi, dashboard va lavozim qoʻllanmalari
-
3 tilda ishlaymiz
Oʻzbek, Rus va Ingliz tillarida. Tojikistonda ham loyihamiz bor.
Jamoa aʼzolari
Ishonishingiz qiyin, lekin: biz oʻz ishimizni sevamiz va uni puxta qilamiz
-
Ravshan Turgʻunov
Asoschi
-
Ulugʻbek Musaev
Odoo PM, Moliyachi (ACCA)
-
Muslimbek Nazirov
AI injener
-
Umidjon Fayzullayev
Mijozlar bilan ishlovchi mutaxassis
-
Jonibek Hamroqulov
Dasturchi
-
Roʻzimurod Doʻstmirzayev
Project manager
Odoo xalqaro sertifikatlarimiz
Tizimingiz eskirgan versiyada emas, bugungi Odoo 19ʻda yigʻiladi
Odoo rasmiy hamkorimiz
Odoo oʻz nomidan kim ishlashini oʻzi tanlaydi
Dasturni istagan odam oʻrnatishi mumkin. Rasmiy hamkorlar roʻyxatiga kirish esa boshqa gap: kompaniya tekshiruvdan oʻtadi, xodimlari imtihon topshiradi, mijozlar bilan ishlash sifati kuzatib boriladi. Roʻyxatdagi oʻrin bir marta berilib qoʻyilmaydi — u har yili qayta koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston boʻyicha bu roʻyxatda 11 ta kompaniya bor. Biz shulardan birimiz.
Kimlar bilan ishlamaymiz
-
01
Biznes egasi chetda turmoqchi boʻlsa
-
02
Faqat dastur oʻrnatish kerak boʻlsa
-
03
Biznes endi ochilgan boʻlsa
Koʻp beriladigan savollar
-
Muddat biznesning hajmi va nechta boʻlim qamrab olinishiga bogʻliq. Ish sakkiz bosqichdan iborat va har birining aniq natijasi bor — natija chiqmaguncha keyingisiga oʻtmaymiz. Yakuniy bosqichda tizim ishlashini 2–4 hafta davomida kuzatib boramiz. Sizning biznesingiz uchun aniq muddatni birinchi suhbatdan keyin aytamiz.
-
Narx ish doirasiga qarab belgilanadi: nechta jarayon tartibga solinadi, qaysi modullar yoqiladi, qancha maʼlumot koʻchiriladi. Shuning uchun avval bepul konsultatsiya oʻtkazamiz va ish doirasini qogʻozga tushiramiz — aniq raqamni oʻsha yerda beramiz. Siz tasdiqlamaguningizcha ish boshlanmaydi.
-
Yoʻq. Eski tizimdagi maʼlumotlarni koʻchiramiz va toʻgʻriligini tekshiramiz. Odoo modul asosida ishlaydi: bugun sizga faqat kerakli boʻlimlarni yoqamiz, qolganini keyin qoʻshish mumkin. Hech narsani boshqatdan qurish shart emas.
-
Bu eng koʻp uchraydigan holat. Shuning uchun jamoani lavozimlar boʻyicha oʻrgatamiz va har biriga qisqa qoʻllanma qoldiramiz — yangi xodim ham 2–4 kunda moslashadi. Qaysi koʻrsatkich uchun kim javob berishi oldindan aniqlanadi, shuning uchun tizim odamga emas, tartibga tayanadi.
-
Har bosqichning natijasi hujjat boʻlib qoladi: diagnostika hisoboti, sozlamalar hujjati, standartlar qoʻllanmasi, dashboardlar va javobgarlik jadvali. Kalitni topshirishdan oldin jamoangiz mustaqil ishlay olishiga ishonch hosil qilamiz. Keyingi rivojlantirish — alohida kelishuv asosida.
-
Ha, egasining ishtiroki shart. Biz biznes egasi chetda turmoqchi boʻlgan loyihalarni olmaymiz — qaror talab qiladigan nuqtalar baribir sizga kelib taqaladi. Lekin sizdan kunlik ish emas, bosqich yakunlarida qaror kutiladi. Aynan shu sabab bir vaqtning oʻzida 5 tadan ortiq loyiha olmaymiz.
Biznesingiz qayerda pul yoʻqotayotganini aniqlaymiz
24 soat ichida oʻzimiz bogʻlanamiz. Raqamingiz hech kimga berilmaydi
Arizangiz qabul qilindi
24 soat ichida oʻzimiz bogʻlanamiz. Raqamingiz hech kimga berilmaydi
Sizni ofisimizda kutamiz:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Gulobod mavzesi.