4 DAQIQADA BARCHASINI TUSHUNASIZ

Odoo nima va u sizga kerakmi?

Odoo qachon kerak, qanday koʻrinishda boʻladi, qanday ishlataman degan savollarga shu sahifada javob olasiz

Qanchaga tushadi⁠
Odoo ilovalari: buxgalteriya, CRM, ombor, ishlab chiqarish va boshqalar

Odoo yoʻqligi sabab sizda shu muammolar bor

[01]

10 ta dastur bor, bittasining raqamiga ham toʻliq ishonmaysiz

Har boʻlimning oʻz dasturi bor, ustiga Google jadvallari. Raqam soʻrasangiz, uch xil javob keladi.

[02]

Keyingi filial ochish rejasi bor — «qachon» savolga javob yoʻq

Javob bozorga emas, ichkaridagi tartibga bogʻliq. Birinchi filialda aniq tartib tizim boʻlmasa ikkinchisida ham 100% boʻlmaydi

[03]

Har bir masala aylanib-aylanib sizga kelib taqaladi

Jamoa bor, lekin qaror faqat sizdan chiqadi. Taʼtil ham, kasallik ham biznesni toʻxtatadi.

[04]

Yangi xodimni faqat siz oʻrgata olasiz

Ish tartibi qogʻozda emas, odamlarning boshida. Odam ketsa, bilim ham u bilan ketadi.

6 ta joyda yozib yurgan ishingiz 1 dasturda

Hozir: tarqoq dasturlar sxemasi Odoo bilan: bitta tizim sxemasi

Ochilganda shunday koʻrinadi

  • Hammasi bitta joyda

    Har bir belgi biznesingizning bir boʻlagi: sotuv, ombor, buxgalteriya, xodimlar. Endi ular alohida emas, bitta oynada

  • Oʻzaro bogʻlangan

    Buyurtma kiritildi: ombor kamaydi, hisob-faktura tayyor, hisobot yangilandi. Bir marta yozasiz — qolganini tizim qiladi

  • Sizga moslashadi

    Faqat kerakli boʻlimlarni yoqasiz. Biznes oʻsganda yangisini qoʻshasiz. Tizimni almashtirmaysiz

Planshetda ochilgan Odoo: CRM, sotuv, ombor, buxgalteriya va boshqa boʻlimlar bitta ekranda

Toʻliq tushuntirganda

Odoo — biznesning kundalik ishini bitta joyda olib boradigan dastur. Savdo, ombor, xarid, ishlab chiqarish, buxgalteriya, xodimlar — bularning har biri Odoo ichida alohida boʻlim. Ular bitta umumiy bazadan ishlaydi. Shuning uchun bitta joyda kiritilgan yozuv qolgan joylarda oʻzi koʻrinadi: fayl tashish, eksport-import, «menga yangi jadvalni yuboring» degan ish qolmaydi.

Odoo — bitta katta dastur emas. U bir nechta dasturning bitta uy ichida turgani. Bugun sizga faqat savdo va ombor kerak boʻlsa — shu ikkitasini yoqasiz, qolganini yoqmaysiz. Keyingi yili ishlab chiqarish qoʻshilsa — oʻsha boʻlimni yoqasiz; eski maʼlumot joyida qoladi, hamma narsani boshqatdan qurish shart emas.

Odoo rasmiy saytida bu boʻlimlar toifalarga ajratib qoʻyilgan: savdo, moliya, ombor va ishlab chiqarish, xodimlar, marketing, xizmatlar, sayt, unumdorlik. Ularning soni ellikdan ortadi — CRM, Sotuv, Kassa, Ombor, Xarid, Ishlab chiqarish, Sifat, Loyihalar, Xodimlar, Buxgalteriya, Elektron imzo va hokazo.

Odoo haqida video tushuntirish

Koʻp beriladigan savollar

  • Muddat biznesning hajmi va nechta boʻlim qamrab olinishiga bogʻliq. Ish sakkiz bosqichdan iborat va har birining aniq natijasi bor — natija chiqmaguncha keyingisiga oʻtmaymiz. Yakuniy bosqichda tizim ishlashini 2–4 hafta davomida kuzatib boramiz. Sizning biznesingiz uchun aniq muddatni birinchi suhbatdan keyin aytamiz.

  • Narx ish doirasiga qarab belgilanadi: nechta jarayon tartibga solinadi, qaysi modullar yoqiladi, qancha maʼlumot koʻchiriladi. Shuning uchun avval bepul konsultatsiya oʻtkazamiz va ish doirasini qogʻozga tushiramiz — aniq raqamni oʻsha yerda beramiz. Siz tasdiqlamaguningizcha ish boshlanmaydi.

  • Yoʻq. Eski tizimdagi maʼlumotlarni koʻchiramiz va toʻgʻriligini tekshiramiz. Odoo modul asosida ishlaydi: bugun sizga faqat kerakli boʻlimlarni yoqamiz, qolganini keyin qoʻshish mumkin. Hech narsani boshqatdan qurish shart emas.

  • Bu eng koʻp uchraydigan holat. Shuning uchun jamoani lavozimlar boʻyicha oʻrgatamiz va har biriga qisqa qoʻllanma qoldiramiz — yangi xodim ham 2–4 kunda moslashadi. Qaysi koʻrsatkich uchun kim javob berishi oldindan aniqlanadi, shuning uchun tizim odamga emas, tartibga tayanadi.

  • Har bosqichning natijasi hujjat boʻlib qoladi: diagnostika hisoboti, sozlamalar hujjati, standartlar qoʻllanmasi, dashboardlar va javobgarlik jadvali. Kalitni topshirishdan oldin jamoangiz mustaqil ishlay olishiga ishonch hosil qilamiz. Keyingi rivojlantirish — alohida kelishuv asosida.

  • Ha, egasining ishtiroki shart. Biz biznes egasi chetda turmoqchi boʻlgan loyihalarni olmaymiz — qaror talab qiladigan nuqtalar baribir sizga kelib taqaladi. Lekin sizdan kunlik ish emas, bosqich yakunlarida qaror kutiladi. Aynan shu sabab bir vaqtning oʻzida 5 tadan ortiq loyiha olmaymiz.

Biznesingiz qayerda pul yoʻqotayotganini aniqlaymiz

24 soat ichida oʻzimiz bogʻlanamiz. Raqamingiz hech kimga berilmaydi

+998 99 829 99 78 @asoschilar_manager

Ravshan Turgʻunovdan bepul konsultatsiya oling:

+998

+998 99 829 99 78